Davlat statistika qo`mitasida Butunjahon turizm tashkiloti (yuNVTO) ekspert-konsultanti ishtirokida seminar-trening bo`lib o`tmoqda.

Joriy yilning 23-26 may kunlari Davlat statistika qo`mitasida Butunjahon turizm tashkiloti (yuNVTO) ekspert-konsultanti Nikolaas Gkolfinopulos ishtirokida seminar-trening bo`lib o`tmoqda. Mazkur seminar-trening davomida turizm sohasida miqdoriy tadqiqotlarni olib borish asoslari, sifatiy tadqiqotlarni olib borish asoslari, ma`lumotlarni yig`ish, ularni qayta ishlash va so`rovnoma asosida interyu olib borish tartibi bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlar amalga oshirilmoqda.   Axborot xizmati


2018 yil 23 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Unda Davlat statistika qo`mitasi tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ma`lumotlar va tahlillar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga qo`mita mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.   Axborot xizmati  


Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil I chorak yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 18 may kuni Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil I chorak yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda, 2018 yilning I choragida davlat statistika ishlarining bajarilishi va Hukumat qarorlariga muvofiq statistika uslubiyatini takomillashtirish, boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi holatiga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorida belgilangan vazifalarning so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo`yicha davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari hamda xorijiy mamlakatlar
Batafsil…


Davlat statistika qo`mitasi “Internet, kommunikatsiya – InterCOM-2018” Birinchi milliy ko`rgazmasida ishtirok etmoqda.

Bugun, 2018 yil 23 mayda, «Kurgazma Savdo Markazi» ko`rgazma zalida “Internet, kommunikatsiya – InterCOM-2018” Birinchi milliy ko`rgazmasi o`z ishini boshladi. Tadbirni o`tkazishning asosiy maqsadi, milliy axborot miqyosida foydalanuvchilar uchun qulay bo`lgan kontent va axborot xizmatlari eng yaxshi namunalarining namoyishi, raqamli iqtisodiyotni, elektron savdo, milliy axborot manbalari va turli ko`rinishdagi xizmatlarning yanada rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratishdir. Ko`rgazmaning asosiy bo`limlari quyidagilar: elektron davlat xizmatlari, elektron tijorat, Mobil kontent, Interne-xizmatlar, Kompyuter o`yinlari, Axborot-ko`ngilochar kontent, elektron OAV, IP-TV, Expo-Television va boshqalar. Elektron davlat xizmatlari bo`limida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ishtirok etmoqda.
Batafsil…


Xalqimizning ertangi kunga ishonchi, yaxshi yashashga intilishi va ishtiyoqi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19-20 may kunlari Andijon viloyatida bo‘ldi. Prezidentimiz 2017-yil 2-3 iyun kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bilan tanishar ekan, bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ana shu yo‘nalishda salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan yilgi tashrifdan so‘ng ishlab chiqilgan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan dasturga muvofiq, viloyatda 2017-yilda umumiy qiymati 1,5 trillion so‘m bo‘lgan 3 mingdan ziyod loyiha
Batafsil…


Farg’ona viloyatida tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-aprel (dastlabki ma’lumot)


Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 17 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda davlat statistikasining shaffofligi va sifati,  ma’lumotlarni to’plash, tarqatish tizimini isloh qilishga doir hamda kambag`allik darajasini baholash masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida OTB vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi. Axborot xizmati


Prezident Vashingtondan Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari 18-may kuni Toshkentga yetib keldi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qiladi. Avvaldanoq tarixiy deb baholangan ushbu tashrif haqiqatan ham g‘oyat samarali bo‘ldi. Uning natijalari uzoq yillar xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. O`zA