Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Sayt test rejimida ishlamoqda

          Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida yuksak ma'naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g‘oya targ‘ibotini va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan  2018 yilda amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlar dasturiga muvofiq  2018 yil 23 noyabr kuni boshqarma faollar xonasida   “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga oid Davlat dasturini mazmunan o‘rganish yuzasidan davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida boshqarma  bo‘lim boshligi va xodimlari  ishtirok etishdi.

             O‘zbekiston Prezidenti 7 fevral kungi farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor  yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi.

             

               Davra suhbatida boshqarma narx statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi G.G‘ofurova so‘zga chiqib, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi:

                       I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

                       II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yўnalishlari

                       III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari

                       IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

                       V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga gapirib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash