Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

2019 yilning 31 yanvar kuni Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Farg’ona viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun tovar va xizmat(tarif)lar kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi. 

Seminarda Farg’ona  viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shaklantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, yani planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash