Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari J.Qo`chqorov tomonidan tasdiqlangan  2019 yil I yarim yillikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabul reja-jadvaliga asosan, 2019 yilning 8 fevral kuni Farg`ona viloyati Marg’ilon shahrida Davlat statistika qo’mitasi rais o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon  Jo’raqulovich Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o’tkazdi.

Maskur sayyor qabulda viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo’limlari boshliqlari, tuman va shahar statistika bo’limlari boshliqlari, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari hamda jismoniy shaxslar vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, Davlat statistika qo’mitasi rais o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon  Jo’raqulovich davlat statistikasi tizimida so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida tushuntirishlar berdi.

Tadbirda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash