Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

2019 yil 6 may kunidan boshlab Farg’ona viloyati  Oltiariq tumanida dehqon (shaxsiy yordamchi) xо‘jaliklarida tajriba tariqasida yer uchastkalari egalari tanlama kuzatuvlarini о‘tkazish boshlandi.

 

Tanlama kuzatuvlar Farg’ona viloyati statistika boshqarmasining 2019 yil 5 yanvardagi 2-F-son buyrug‘iga asosan Oltiariq tumanidagi “Oqbo’yra”, “Povulg’on”, “Uzumchi”,“Navbaxor”, “Yangiqo’rg’on”, “Mustaqillik” va  “G’ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida о‘tkazilishi belgilab olingan.

Tanlama kuzatuvlarni о‘tkazish uchun tumandagi mavjud 72 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 7 tasi, jami 36268 ta dehqon (shaxsiy yordamchi) xо‘jaliklaridan 4154 tasi (11,5 foiz) tanlab olingan, kuzatuvni o’tkazishga 7 ta guruh biriktirilgan bo’lib ular tomonidan 390 ta (9,4 foiz) o’rganildi.

  

Tanlanma kuzatuvni o’tkazishda tanlab olingan mahalla fuqarolar yig’inlarida o’rganishlar   davom ettirilmoqda.

  

 Qishloq xо‘jaligi va ekologiya statistikasi bо‘limi.

 

Tugmani bosing Tinglash