Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 11 iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining majlislar zalida boshqarma va tuman, shaxar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosi va viloyat statistika boshqarmasining 2019 yilda korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari rejasini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5729-son Farmoni bilan Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligida Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi, 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi, Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi tasdiqlanganligi, boshqarmaning korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komisiyasining chora-tadbirlarga muvofiq ish olib borishi va bu masalada barcha mas’ul ekani to‘g‘risida munozaralar ketdi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hukukbuzarliklarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xar bir hodimning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni talablarini chuqurroq anglash hamda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va hodimlariga yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda, ularni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish tartibini va qoidalarini tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish dolzarb masaladir. Ularga har sohada huquqiy ongini oshirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalar (bukletlar) tarqatish, OAVda qilinadigan chiqishlar ham asosiy maqsadlardan biri ekani belgilanib olindi.

Shu bilan birga, xodimlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama etish, bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Tugmani bosing Tinglash