Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan buyon axolini ro’yxatga olish tadbiri o’tkazilmagan. O’zbekiston Respublikasida bu tadbir so’nggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrog’i 1989 yilda o’tkazilgan. Xolbuki, xar bir jamiyatda axolini ro’yxatga olish kamida xar 10 yilda tashkil qilinishi tartibga aylangan. Endi bu tadbir O’zbekistonda xam yo’lga qo’yiladi. Bunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi  "O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida"gi farmoni asos bo’ladi. Farmonning 2-bandida axolini ro’yxatga olishning ustuvor jixatlari aloxida qayd etilgan. Ular quyidagilardan iborat: axolini ro’yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha axoliga tegishli bo’lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, baxolash, taxlil etish va e'lon qilishning yagona jarayonini o’z ichiga olib, axoli to’grisidagi ma'lumotlarning asosiy manbasi xisoblanadi. Xududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamlariga yordam ko’rsatish Bo’yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma'lumotlarni olish imkonini beradi. U axoli sonini ishonchli xisoblash, shuningdek aniq belgilab quyilgan yagona xisobga olish davrida axolining  jinsi, yoshi oilaviy axvoli, ma'lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi xamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo’yicha yakka tartibda xisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan xolda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o’ynaydi. Axolini ro’yxatga olish chora tadbirlari o’tkazilmasligi natijasida ob'ektiv ma'lumotlar yig’ish va ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni aniq rejalashtirish  masalalariga to’sqinlik qiladi, ya'ni qayerda va qachon butun axolini real qamrab oladigan shifoxona qurish, maktab barpo etish, talablarga mos mutaxassislar tayorlash kabi ijtimoiy masalalarga oid muammolar yuzaga kela  boshladi. Xar bir davlat o’z geografik joylashuvi va milliy tarkibidan kelib chiqib, axolini ro’yxatga olish dasturini ishlab chiqadi. Dasturda ro’yxatga olish anketasi muxim axborot vositasi xisoblanadi va axoli xaqidagi ma'lumotlarni olish uchun zarur bo’lgan savollardan tarkib topadi. Masalan, manzili doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilish joyi, demografik alomatlari, jinsi, yoshi, oilaligi, fuqaroligi, irqiy mansubligi, millati, ma'lumoti, diniy e'tiqodi va shunga o’xshash savollardan iborat bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, axolini ro’yxatga olish - aloxida bir mamlakat axolisining cheklangan bir qismi yoki to’liq barchasining muayyan davr xolatiga taalluqli bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik ko’rsatkichlarni yig’ish, ularga ishlov berish va taxlil etish natijasida to’plangan ma'lumotlarni e'lon qilib,chop etish faoliyatidir va bu orqali jamiyat oldida turgan muammoli masalalarni yechimini topish imkoniyati yaratiladi.

 

Farg’ona tuman statistika

Bo’limi boshlig’i:

J. Xasanov

Tugmani bosing Tinglash