Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 3–4-sentabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Farg’ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Erkin Tashbekov Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etishdi.

Joriy yilning 10 sentyabr kunu viloyat statistika boshqarmasi boshlig’ning birinchi o’rinbosari Erkin Tashbekov qishloq xo'jaligi statistikasini takomillashtirish masalalari bo'yicha MDH mamlakatlari statistika xizmatlari ekspertlarining yig'ilishida ishtirok etish yakunlari bo'yicha: oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish, oziq-ovqat resurslari balanslarini shakllantirish va qishloq xo'jaligi statistikasini tashkil etish bo'yicha tajriba almashish masalalari bo'yicha Farg'ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun seminarda qatnashdi va yig’ilish yuzasidan atroflicha ma`lumot berdi.

Shuningdek, seminar davomida qishloq xo'jaligi statistikasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan bilim va koʼnikmalarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ilg`or xalqaro tavsiyalar borasida ham axborot berildi.
Seminar davomida boshqaruv xodimlari joriy masalalar bo'yicha tajriba almashdilar.

Tugmani bosing Tinglash