Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

1 oktabr - ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyat statistika boshqarmasida tadbir uyushtirildi. Tadbirda ko’p yillardan buyon mehnat qilib, kadrlarni tarbiyalashda, ularga bilim va tajribalarini o’rgatishda o’z hissalarini qo’shib kelayotgan boshqarma hodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

Tadbir tashkilotchilaridan bo’lgan Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi a’zolari ustozlarni bayram bilan tabriklagan holda, hodimlarni yetuk kadr bo’lib tarbiyalashda qo’shgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdilar.

Tadbir so’nggida “ustoz” deya e’tirof etilgan boshqarmaning yetuk mutahassislariga hamda mehnat faxriylariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Tugmani bosing Tinglash