Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi va 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi.

Joriy yilning 4-yanvar kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2019-yil 30-dekabr kuni o’tkazilgan yig’ilish ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma xodimlari va shahar-tuman bo’lim rahbarlari ishtirokida yalpi majlis tashkil etildi.

Yig’ilishda  Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i S.R.Shamshidinov tomonidan  2019-yilda yo’lga qo’yilgan xatolardan to’g’ri xulosa chiqarib, 2020-yilga belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, mas’ul ijrochilar va muddatlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi hamda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilandi:

  1. Boshqarmada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xodimlarning statistika sohasini rivojlantirishda eskicha fikrlash, “kunim o‘tsa bo‘ldi” degan dunyoqarashdan voz kechish shart. Ularni vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat bilan ishlashga yo‘naltirish borasida har haftada ma'naviyat soatlari va metodologik seminarlar tashkil qilib borish shart.
  2. Xalqaro reytinglar ma'lumotlar bazalarida mamlakatimiz haqidagi indikatorlarni yangilash borasida aholini 2022-yilda ro‘yxatga olish tadbirlariga puhta tayyorgarlik ko‘rish, 2020-yil halqaro taqqoslash dasturida O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini ta'minlash va 2020–2021-yillarda UNICEF bilan hamkorlikda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishni yuqori darajada tashkil qilish.
  3. Statistik ma'lumotlarning obyektivligi, shaffofligi, haqqoniyligi va ishonchligini ta'minlash borasida ilg‘or axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni ta'minlash.
  4. Statistika faoliyatiga ilm-fanni keng kiritish va xodimlarimizni statistika bo‘yicha bilimini yuksaltirib borish.
  5. Milliy statistikamizni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish borasida Jahon banki bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqilgan “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” ni amaliyotga bosqichma bosqich joriy qilib borish.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash