Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Farg’ona shahar kichik tadbirkorlik subyektlari uchun “Kichik biznes subyektlari tomonidan 2018-yil uchun taqdim etilgan 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar hamda 2019-yil uchun taqdim etiladigan yillik 1-KB shakli davlat statistika hisobotiga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining malakali xodimlari hamda kichik korxona va mikrofirmalarning rahbar va hisobchilari ishtirok etdi. Mazkur o‘quv-seminarda davlat statistika tizimidagi o‘zgarishlar, davlat statistika hisobotini taqdim etishdagi yangi yaratilgan qulayliklar hamda 2019-hisobot yili uchun yangidan Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan va Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 1-KB (yillik) davlat statistika hisoboti shakli bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 1-KB (yillik) davlat statistika hisobot shaklini to‘ldirilishi tartib qoidalari, hisobotni Internet tarmog‘i orqali o‘z vaqtida, sifatli taqdim etilishi va elektron (Estat 3.0) dasturi bo‘yicha seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Farg'ona viloyati statistika boshqarmasi
Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash