Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

2020-yilning 24-yanvar kuni Bog’dod tumanida Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi va Bog’dod tuman statistika bo'limi hamkorligida“1-KB shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning 2019-yil uchun hisoboti” va 1-FX shakli (yillik) “Fermer xo'jaligi faoliyati to'g'risida 2019-yil uchun hisobot” davlat statistika hisobotlarini to'g'ri to'ldirish va haqqoniy taqdim etish” mavzusida o'quv-seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

Seminarda Farg’ona viloyat statistika boshqarmasi xodimlari,  Bog’dod  tuman statistika bo'limi xodimlari, tumandagi fermer xo'jaliklar va tadbirkorlik subyektlarining rahbarlari hamda hisobotlar uchun mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda, statistika bo'limi xodimlari tomonidan davlat statistika hisobotlarining sifatli, xato va kamchiliklarsiz taqdim etilishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5655-son Farmonini mazmun mohiyatini yoritish maqsadida, aholini ro'yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-xuquqiy xujjatlar, aholini ro'yxatga olish bosqichlari, aholini ro'yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash