Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 3-fevral kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarmasining 2019-yil yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan statistika boshqarmasida 2019-yilning IV choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig’ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4273-son Qarorida Davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yig’ilish kun tartibidan o‘rin oldi.

Yig’ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash