Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 13 fevral kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boshlig’i S.Shamshidinovning boshqarma tizimida faoliyat olib borayotgan  yosh xodimlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuv xuddi shu mazmunda joriy yilning 24 yanvar kuni boshqarmada o’tkazilgan muloqotning mantiqiy davomi bo’lib, Prezidentimizning 2020 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o’tkazgan uchrashuvi hamda 2020 yilning 25 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, yoshlarga oid davlat siyosati masalalariga bag’ishlanishi aytib o’tildi.

Uchrashuv o’tkazuvchi, avvalo, Prezidentimizning yoshlar bo’yicha olib borayotgan izchil siyosatining dolzarb tomonlariga to’xtalib o'tdi. Aytib o’tildiki, yurtboshimiz ta'kidlaganidek, biz O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erishishimiz mumkin. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shu sababli barchamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Muloqot davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan masalalar bilan boshqarma boshlig’iga murojaat etishdi. Ko’tarilgan barcha masalalar o’zaro fikr almashish yo’li bilan muhokama qilindi.

Tadbir so’ngida, S.Shamshidinov, bunday uchrashuvlar yil davomida doimiy ravishda o’tkazib borilishini ta'kidlab, bu borada yoshlarni yanada faolroq bo’lishlarini so’rab qoldi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash