Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 3 mart kuni Farg’ona viloyati hokimligining Majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, Farg’ona viloyatida O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazishga ko’maklashish bo’yicha viloyat komissiyasi tomonidan aholini ro’yxatga olish jarayonida foydalanish uchun zarur bo’ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o’rganish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosarlari, Davlat statistika qo’mitasining mas’ul xodimi, viloyat Mahalla jamg’armasi raisi, viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’i, shahar, tuman hokimlari va ularning o’rinbosarlari, hamda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Yig’ilish davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari tayyorlash bo’yicha ushbu masalaga daxldor bo’lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig’inlari va qishloq aholi punktlarining chegaralari aniq ko’rsatilishi, ularning sxematik rejalarini qog’oz va elektron shaklda tayyorlash kerakligi, ko’cha nomlari, ko’p qavatli va yerli hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratilishi kerakligi hamda uylar raqamlarining aniq ko’rsatilishi kabi muhim vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyat hududida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan komissiya a’zolariga tegishli topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash