Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 14-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya etgan holda hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, Farg‘ona viloyat statistika boshqarma boshlig‘i S.Shamshidinov “2020-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” doirasida qo‘mita va uning hududiy statistika organlari tomonidan 2020-yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy-statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilish so‘nggida sohadagi mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

 

Axborot xizmati

 

A

Tugmani bosing Tinglash