Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 9- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida viloyat statistika boshqarmalarining Narx statistikasi bo‘limi, tuman va shahar statistika bo‘limlarining narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimlari ishtirokida vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Iste’mol narxlari statistikasi va iste’mol narxlari indeksi bo'limi boshlig'i J.Jamaldinov narx kuzatuvlarini sifatli o‘tkazishning asosiy tamoyillari, kuzatuvlarni tashkil etishda e'tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar to‘g‘risida batafsil to’xtalib o’tdi, xamda bozordagi mahsulot va xizmatlar narxining o‘zgarishi va uning inflyatsiya darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

 Shuningdek, pandemiya sharoitida iste'mol narxlari indeksi kuzatuvlarini to‘g‘ri o‘tkazish, xususan, kuzatuvlarni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan vaqtinchalik tartib yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Vebinarda xodimlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash