Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-mart kungi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-sonli Qonuniga muvofiq aholini ro’yxatga olish davrida ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:

Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning xuquqlari:

ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;

aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish.

 

Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning majburiyatlari:

shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi;

o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi;

shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shart.

 

Ma’lumot o’rnida:

ro‘yxatga oluvchi xodimlar — O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga jalb etilgan, maxsus o‘quvdan o‘tgan voyaga yetgan fuqarolari.

 

Oltiariq tumani statistika bo’limi

Tugmani bosing Tinglash