Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

      Joriy yilning 15-sentyabr kuni Farg’ona viloyati Quvasoy shahrida, shahar xokimi R.Raximjonov ishtirokida, “O’zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida” PF- 5655-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan  seminar tashkil etildi.

      Seminarni Quvasoy shahar xokimi R.Raximjonov ochib,yig’ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.  Shundan so’ng seminarda Quvasoy shahar xokimining birinchi o’rinbosari B.Sultonov ham so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli farmonida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi, jumladan maxsus komissiyalar tomonidan joylardagi ko’chalar nomlari va xonadonlar tartib raqamlarini to’liq shakllantirish,  shahar bo’yicha mahallalar kesimida barcha aholini ro’yxatdan o’tkazilishi to’g’risida bir qator ma'lumotlarni berib o’tdi.

        Shuningdek kun tartibidagi masalalaridan  biri, O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabr kungi “Geografik obʼektlarning nomlari tug’risida”gi qonuni xamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida yig’ilish qatnashchilariga tushunchalar berib o’tildi. Bu borada, Quvasoy shahar xokimining 2020-yil 4-sentyabrdagi “Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha shahar hududiy komissiyasi to’grisida” gi 448-sonli qarori qabul qilinganligi hamda ushbu qarorning 1-ilovasida “Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha” shahar hududiy komissiyasining tarkibi tasdiqlanganligi va 2-ilovasida “Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha”  shahar hududiy komissiyasining doimiy asosda ishlovchi ishchi o’rgan tarkibi tasdiqlangan. Ushbu yigilish bayoni qarori ijrosini taʼminlash shahar xokimining birinchi o’rinbosari, hududiy komissiya raisi o’rinbosari B.Sultanov hamda  shahar hokimi o’rinbosarlari va hududiy komissiya raisi o’rinbosarlari А.Mamajonov, А.Haydarov, X.Xo’janazarovlar zimmasiga yuklatilishi belgilab qo’yildi. Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash