Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 15-oktabr kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi” xodimlari U.Mahmudov hamda B. Axadjonovlar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli farmonida belgilab qo’yilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg’ona tumani “Toshqo’rg’on aziz” MFYda aholini ro’yxatga olish xaritasini o’rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, olib borilayotgan ish jarayonida “Ro’yxatga olishni o’tkazish” bo’limi bosh mutahasisi U.Mahmudov, “Toshqo’rg’on aziz” MFYda yig’ilgan fuqarolarga aholining ro'yxatdan o'tkazilishi davlatning farovonligiga xizmat qilib, iqtisodiyotni rivojlanishiga katta hissa qo’shishi to’g’risida aniq tushunchalar berib o’tdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash