Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 15-oktabr kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi” xodimlari U.Mahmudov hamda B. Axadjonovlar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli farmonida belgilab qo’yilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg’ona tumani “Mindonobod” MFYda aholini ro’yxatga olish xaritasini o’rganish ishlari olib borildi.

Shu jumladan “Mindonobod” MFYda yig’ilgan barcha fuqarolarga 2022-yilda O’zbekiston Respublikasi aholisini ro’yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tushunchalar berib o’tishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash