Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 17-noyabr kuni Farg’ona viloyati Toshloq tumani statistika bo‘lim boshlig‘i R.Umarov raisligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi VMQ- 710-sonli qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida” belgilab qo’yilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, tumanning maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari ishtirokida aholini ro’yxatga olish va mahalla xaritasini o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek tumanda 51 ta mahalla fuqarolar yig’ini mavjud bo’lib, unda, 357 ta ko’chalar to’liq nomlangan. Xozirgi kunda MFYlarda jami 33148 ta xonadonda aholi istiqomat qilib, shundan 31655 ta xonadon to’liq raqamlangan va shulardan 1493 ta xonadonlar bugungi kunda raqamlanmagani aniqlandi. Seminar yig`ilishida tez orada barcha xonadonlar raqamlanishi bo`yicha chora tadbirlarni amalga oshirishi to’g’risida  ma’lumotlar berib o’tildi.

Tugmani bosing Tinglash