Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarma boshlig’i birinchi o‘rin bosari E.Tashbekov hamda boshqarma hodimlari ishtirokida  davlatimiz bayrog’ining 29-yilligi munosabati bilan bayram anjumani tashkil etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan bo’lib, davlatimiz bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an‘analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash