Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 8- yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi xodimlari va boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limi boshliqlari ishtirokida videoaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov so‘zga chiqib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha 1-kb shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotida bo‘lgan o‘zgarishlar, qamrovini to‘liq ta’minlash, shuningdek, hisobot intizomiga rioya etilishini va sifatli statistik ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlash haqida ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng bo‘lim boshlig‘i J.Аrtikov so‘zga chiqib, hisobot yilida yangi tashkil etilgan subyektlarni o‘z vaqtida hisobot taqdim etishlari zarurligi to‘g‘risida ularning telefon raqamlari orqali xabardor qilinishini tashkil etish, elektron shaklda hisobot taqdim etish uchun elektron raqamli imzo kaliti mavjudligi hamda uning amal qilish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlar orqali hisobchilarga hisobotlarni to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish tartibi to‘g‘risida masofaviy o‘quv-seminarlar tashkil etish, hisobotlarni imkon qadar hisobot taqdim etish muddatining oxirgi kunlariga qoldirmaslik, hisobot taqdim etuvchi subyektlarning mavjud telefon raqamlariga o‘z vaqtida hisobot taqdim etishlari to‘g‘risida eslatma shaklida SMS xabarlar jo‘natish shartligi, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda, qatnov ko‘p bo‘ladigan ko‘chalarda, maxallalarda hisobot topshiruvchi subyektlar uchun davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibi va muddatlari aks ettirilgan e’lonlar va bannerlar osib qo‘yish, ommaviy axborot vositalari, maxalliy televidenie, radio, gazetalarda hamda Internet tarmog‘i orqali boshqarmaning rasmiy saytida statistik hisobotlarni taqdim etish muddatlari bo‘yicha e’lonlar berish haqida keng va atroflicha ma’lumotlarni berdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash