Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Xalqaro Ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga 23 mamlakat sifatida qo'shildi va Janubiy Koreya va Filippindan keyin Osiyoda uchinchi mamlakat bo'ldi.

ODSichi119022021

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishning muhim mexanizmlaridan biridir. 2017–2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi.

ODSichi219022021

Mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishda belgilangan vazifalarga erishish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash xamda mamlakatimiz statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4273-sonli qarori qabul qilindi.

ODSichi319022021

Ushbu qarorga muvofiq Davlat statistika qo'mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to'plamlari ro'yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida tegishli axborotni o'z vaqtida aks ettirish ishlari bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul etib tayinlandi. 2019- yil aprel oyida Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati tarkibida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.ODSichi419022021

Eslatib o'tamiz, Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasi (Open Data Charter) - bu 150 dan ortiq hukumat va tashkilotlarning umumiy tamoyillar asosida ma'lumotlarni ochish ustida ish olib boradi.ODSichi519022021

ODSichi619022021

Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasining oltita tamoyillari 2015- yilda butun dunyo bo'ylab hukumatlar, fuqarolik jamiyati va ekspertlar tomonidan global miqyosda kelishilgan ma'lumotlarni chop etish uchun kerakli me'yorlar to'plamini taqdim etish uchun ishlab chiqilgan.:

  • odatiy ravishda ochiqlik — ma'lumotlarni qonuniy talablardan kelib chiqqan holda ochiq, bepul va mashinada o‘qiladigan formatlarda e'lon qilish hamda ulardan erkin foydalanishni ta'minlash;
  • o‘z vaqtida e'lon qilish va keng qamrovlilik — ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, ma'lumotlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli e'lon qilish, shuningdek, ulardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
  • foydalana olish imkoniyati va qulayligi — axborotdan foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun davlat organlarining mashinada o‘qiladigan va boshqa formatlardagi ochiq ma'lumotlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
  • taqqoslash imkoniyatining mavjudligi va o‘zaro bog‘langanlik — ochiq ma'lumotlarni izlash, taqqoslash va samarali qayta foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ochiq ma'lumotlarni standartlashtirilgan tarkib va formatda taqdim etish hamda o‘zaro bog‘liqlik;
  • samarali boshqaruv va fuqarolarni jalb etishga qaratilganlik — ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda hukumat va fuqarolar o‘rtasida boshqaruv va ishonchni mustahkamlashga qaratilganlik;
  • har tomonlama rivojlanish va innovasiyalarga qaratilganlik — sohadagi ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan bilim va tajriba almashish hamda ma'lumotlarni to‘plash tartibotlari, standartlari va e'lon qilish jarayonlarining shaffofligini ta'minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish hamda ochiq ma'lumotlardan foydalanishning innovasion usullarini rag‘batlantirishga qaratilganlik.

Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasiga qo'shilishdagi asosiy islohotlar dunyodagi ochiq ma'lumotlarni baholovchi barcha mavjud ko'rsatkichlar va reytinglar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining yuqori ko'rsatkichlari bo'ldi:

  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib org dunyodagi ochiq ma'lumotlar portallarining eng to'liq ro'yxatiga kiritilgan.
  • "BMTning elektron hukumat bo'yicha sharhi 2020" ga ko'ra, O'zbekiston "Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi"da ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga (Very high OGDI) ega bo'lgan 41 mamlakatdan joy oldi.
  • "Open Data Inception" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 6-o'rinni
  • O'zbekiston ochiq ma'lumotlar reytingiga ko'ra, Open Data Inventory (ODIN) 63 ball to'plab, dunyoda 44Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi va 125 pog'onaga ko'tarildi.

ODSichi719022021

 

ODSichi819022021

Shuningdek, Prezidentimizning 2020- yil 2- iyundagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini yaxshilash xamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish to'g'risida" gi Farmoni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda muhim qo'llanma bo'ldi.

Matbuot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash