Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Sizni, davlat statistika idoralari tomonidan taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash bo`yicha savolnomani to`ldirishga taklif qilamiz.

Joriy yilning 8- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, xususan, 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

 2020- yil 4- sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Joriy yilning 17- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘timasi markaziy apparati hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Prezident qarori mazmun-mohiyati, ahamiyati, unda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.

Seminarda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zakirov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliev so‘z yuritdi. Ular Prezident qarori bilan belgilangan milliy statistika tizimining ustuvor yo‘nalishlari, o‘rnatilgan yangi tartiblar, yuklatilgan vazifalar, berilgan yangi huquqlar, shtat birliklari hamda tasdiqlangan hujjatlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respubikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” haqida, undan ko‘zlangan maqsad, erishilishi kutilayotgan natijalar, asosiy ustuvor yo‘nalishlar va har bir vazifaning amalga oshirish bosqichlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarini qamrab olgan holda davom ettiriladi.

www.stat.uz

Joriy yilning 11–12- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil II chorak yakunlariga bag‘ishlangan, masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, makraziy apparati xodimlari va hududiy statistika boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan davlat statistika organlarida 2020- yilning II choragida statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibiga binoan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” qabul qilinganligi va ushbu hujjatlarda davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, qarorga muvofiq:

  • Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi;

 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunishi;

 

  • Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi tasdiqlanganligi;

 

  • 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi;

 

  • Davlat statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 65 ta qo‘shimcha shtat birligi (markaziy apparat uchun — 17 ta shtat birligi va hududiy boshqarmalar uchun — jami 48 ta shtat birligi) ajratilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida fikr bildirildi.

Videoaloqada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot berib o‘tildi.

Shu bilan birga, Hay’at yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarini o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash