Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Sayt test rejimida ishlamoqda

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2018 yilning yanvar – iyuni uchun yalpi ichki mahsulotni (keyingi o`rinlarda YaIM) dastlabki baholash amalga oshirildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yilning yanvar – iyunida O`zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 152 533,4 mlrd. so`mni tashkil etdi va o`tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,9 % ga o`sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – iyunidagi narxlarga nisbatan 135,4 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 4 653 ming so`mni tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga yuqoridir.

2018 yilning yanvar – iyunida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha YaIM ni ishlab chiqarish quyidagi ma`lumotlar bilan ifodalanadi:

Iqtisodiy o`sish sur`ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog`liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo`shilgan qiymat (keyingi o`rinlarda YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 85,5% ini tashkil etdi va 5,0 % ga o`sdi (YaIM mutloq o`sishiga ta`siri 4,4 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 14,5 % ni tashkil etdi va 4,5 % darajasida o`sish qayd etildi (YaIM mutloq o`sishiga ta`siri 0,5 f.p.).

2018 yil yanvar - iyun oylarida YaIM ning
iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`sish sur`atlari

YaIM o`sish sur`atiga xizmatlar sohasi eng katta ta`sir ko`rsatdi (1,9 f.p.) va bu soha o`tgan yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 % ga o`sdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar 1,7 % ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 5,6 % ga va boshqa xizmatlar 5,0 % ga o`sdi.

Sanoat tarmog`ining qo`shilgan qiymatida 6,1 % lik o`sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o`sish sur`atiga ijobiy ta`siri 1,4 f.p. darajasida baholandi. Sanoat tarmog`idagi ijobiy dinamika tog’ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog`i qo`shilgan qiymatining 34,3 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog`i qo`shilgan qiymatining 0,9 % ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 2,0 % ga o`sishi hisobiga ta`minlandi.

Yanvar - iyun oylarida sanoat tarmog`ining yalpi qo`shilgan qiymati tarkibi

Qurilish ishlari hajmi o`tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,7 % ga o`sdi. YaIM ning mutloq o`sishida qurilish tarmog`ining ijobiy hissasi 0,7 f.p. darajasida baholandi.

2018 yilning yanvar – iyuni yakunlariga ko`ra, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida ham 2,7 % darajasida ijobiy o`sish sur`ati qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o`sish sur`atiga ta`siri 0,4 f.p. ni tashkil qildi.

Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligining YaIM tarmoqlari bo`yicha tarkibidagi ulushi o`tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,5 f.p. ga kamaydi va 16,7 % ni tashkil qildi.

Sanoatning ulushi 26,1 % dan 30,6 % ga oshdi, qurilish tarmog`ining ulushi esa, o`tgan yilgi darajada saqlanib qoldi va 7,4 % ni tashkil qildi.

Xizmatlar sohasining YaIM tarmoqlari bo`yicha tarkibidagi ulushi 45,3 % ni tashkil etdi va o`tgan yilning mos davri (49,3 %) bilan taqqoslaganda 4,0 f.p. ga kamaydi.

Tugmani bosing Tinglash