Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

2019 yilning 11 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati tuman va shahar statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash, ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shakllantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, jumladan, planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash