Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Shu yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Aholi turmush darajasini baholashda tanlanma kuzatuvlarning o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilshi, bu borada ishlar uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan haqida batafsil ma’lumot berildi.

Davlat statistika qomitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullayev, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i X.Murodxo‘jayev, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i J.Yuldashyev va boshqalari mavzu yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, barcha hududlarida bir yilda jami 10 000 ta uy xo‘jaligida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshilash va ishonchli statistik ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida 2018-yil davomida YUNESKO va Xalqaro elektraloqa ittifoqining so‘roviga asosan aholining savodxonligi va ta'lim darajasi hamda uy xo‘jaliklarining AKT vositalaridan foydalanish va ulanish imkoniyatlari bo‘yicha savolnomalari to‘ldirilgan holda statistik ma'lumotlar taqdim etilgan.

Jumladan, 2018-yil uy xo‘jaliklari kuzatuvi natijalariga ko‘ra, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud uy xo‘jaliklarining ulushi 80,9 % ni tashkil etgan. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni,  ayollar esa50,2% ni tashkil etmoqda.

Uy xo‘jaliklari kuzatuvi savolnomasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazish dasturi uy xo‘jaliklari a'zolarining demografik xususiyatlari va ta'lim darajasini, turar-joy sharoitlarini, kommunal xizmatlar bilan ta'minlanganligini, xo‘jalik faoliyatini yuritish sharoitlarini, oilaning umumiy daromadlari va tushumlari manbalarini o‘rganadi. Shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatini, imtiyozlarni, noiste'mol xarajatlar va to‘lovlarni, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligini, uy xo‘jaliklarida muqobil energiya manbalarining mavjudligi va foydalanilishini, uy xo‘jaliklarida AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligini aniqlaydi.

2018-yilda respublika aholisining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanishiga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, 100 ta uy xo‘jaligida televizorlar – 155 ta, elektr changyutgichlar – 55 ta, kir yuvish mashinalari – 81 ta, sovutgich va muzlatgichlar – 103 ta, shaxsiy kompyuterlar – 52 ta, yengil avtomobillar – 44 ta, konditsionerlar – 35 ta, mobil telefonlar – 262 ta to‘g‘ri kelishi kuzatilgan.

Shuningdek, matbuot anjumanida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yilda qabul qilingan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida kun tartibiga BMTga a'zo davlatlar qatorida O‘zbekiston qo‘shilganligi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Ushbu kun tartibi o‘z ichiga global darajadagi 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalarni qamrab oladi.

Barqaror rivojlanish sohasidagi amalga oshiriladigan harakat rejasi insonlar, sayyoramizdagi barcha tirik jonzotlar manfaati yo‘lida ularning farovonligi va ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy tamoyillaridan biri hyech kimni chetda qodirmaslikdir, ya'ni jamiyatdagi har bir shaxsning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, millatidan qat'iy nazar barchaga teng imkoniyatlar yaratish hisoblanadi. 

Anjumanda respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 841-son qarori bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida 16 ta milliy maqsad va 125 ta vazifa tasdiqlanganiligi hamda joriy yilda tegishli vazirlik,  idoralar va BMT agentliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 206 milliy indikatorlar tasdiqlanganligi ta'kidlab o‘tildi. Barqaro rivojlanish maqsadalariga erishishni monitoringni yuritib borish maqsadida BMT taraqqiyot dasturi ko‘magida alohida veb-sayt ishlab chiqildi va ishga tushirildi. 

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari OAV vakillari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash