Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 27-aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi bilan YUNISEF o‘rtasida masofaviy tarzda videoaloqa orqali muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mamlakatda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishga zarur bo‘ladigan tanlanmani (726 mahallada 14520 ta xonadon) amalga oshirish uchun kartografik chizmalarni tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid dolzarb statistik ma'lumotlarni yig‘ish yuzasidan multiinidikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 625-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bo‘yicha ayni paytda qator amaliy ishlar bajarilmoqda. YUNISEF bilan tashkil etilgan videoaloqada ushbu qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 23-aprel kuni ham mazkur masala yuzasidan masofaviy tarzda videoaloqa o‘tkazilgan edi. Unda mamlakatda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda kelgusidagi tadbirlar kelishib olingan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash