Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 16-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.


Ushbu videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining 2020-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha axboroti tinglandi.

Jumladan, komissiya a'zolari Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 4- yanvardagi 3-sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta'minlash va monitoring olib boorish to‘g‘risida”gi nizomi ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot berishdi.

Shuningdek, Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “2020–2030- yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi, “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020–2021- yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma'ruzalar qilindi.

Videokonferensiya davomida vazirlik va idoralarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash