Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Pandemiya davrida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat  faxriylarini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, shu yilning 19–20- noyabr kunlari qo‘mita xodimlari tomonidan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, yolg’iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularga moddiy-ma’naviy ko’mak ko’rsatildi. Jumladan, iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ruhiy-ma’naviy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.

Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatayotgan bu kabi moddiy-ma'naviy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash