Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Makraiqtisodiyotichi119022021

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmasi xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Makraiqtisodiyotichi219022021

Mazkur grafik asosida joriy yilda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

Makraiqtisodiyotichi319022021

2021- yilning 19- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Makraiqtisodiyotichi519022021

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining boshlig’i Mamirov  Aziz Otaxonovich tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

Makraiqtisodiyotichi419022021

Tadbirda 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.Makraiqtisodiyotichi619022021

Vebinarda hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Vebinar so‘nggida, milliy hisoblarning asosiy tushunchalari, qoidalari va ularni milliy statistika amaliyotiga joriy etish suhbatning asosini tashkil etdi.

 Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash