Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi. Bu haqida Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti matbuot xizmati maʼlum qildi. Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati boʻlib oʻtdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.  Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara oʻtkazadi.
 
 
 
O'zA
Tugmani bosing Tinglash