Farg`onada bo`lib o`tayotgan Xalqaro investitsiya forumida bu alohida ta`kidlanib, ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha ko`plab kelishuvlarga erishilmoqda.
O`zA muxbiri forumda ishtirok etayotgan mehmonlarining ayrimlari bilan suhbatlashdi.
O`zbekistonga uchinchi bor kelishim. Har gal katta o`zgarishlarni guvohi bo`lmoqdaman. yurtingizda sarmoyalar to`g`ri yo`naltirilayotgani tufayli barcha soha, ayniqsa, sanoat tarmoqlari va xizmat ko`rsatish jabhasi izchil taraqqiy etayotir. Natijada odamlarning turmush sharoiti yaxshilanib, hayot darajasi yuksalmoqda.
Investitsiyalar yirik korxonalarni barpo etish, zamonaviy quvvatlarni ishga tushirish bilan birga, sog`liqni saqlash, ta`lim tizimi, kommunal soha rivoji uchun sarflanayotgani tahsinga loyiq.
Bizning “Kabo” kompaniyamiz tomonidan ham O`zbekistonda hamkorlikda ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg`onaning Quva tumanida baliqchilik tarmog`ida yangi korxonani ishga tushirish harakatini boshlaganmiz. Bugun bu borada kelishuvga erishib, memorandum imzolandi. Mazkur loyiha uchun birinchi bosqichda 2 million dollar, keyingi bosqichda 5 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Korxona baliq yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug`ullanadi. Umuman olganda, kompaniyamiz tomonidan yurtingizga joriy yilda 100 million dollar sarmoya jalb etishni niyat qilganmiz.
Albatta bu ishlarning barchasi O`zbekiston – Misr davlatlarining o`zaro ishonchli va istiqbolli do`stligining amaliy samarasidir. Bugungi forumda ham biz Farg`onaning investitsiya salohiyati bilan tanishdik va yangi rejalarni tuzib oldik. Bu esa yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim zamindir.
Investitsiyaviy jozibador, sarmoya kiritish uchun qulay va ishonchli mamlakatlardan biri, shak-shubhasiz - O`zbekiston. Ayniqsa, so`nggi paytda investorlar uchun barcha imkoniyat va sharoitlarning yaratilayotganligi tahsinga loyiq. Buning natijasida hududlarda ham o`zbek ishbilarmonlari bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqdamiz.
Mamlakatingizning sanoat salohiyati yuqori. Ayniqsa, yengil sanoat, farmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, energetika, logistika, savdo va xizmat ko`rsatish kabi sohalar jadal rivojlanmoqda. Bu esa xitoylik ishbilarmonlarning iqtisodiyotingizga bo`lgan qiziqishini oshirmoqda. Bugungi forumda ham ma`lum bo`ldiki, Farg`onada Xitoy tomonidan ko`plab loyihalar olib borilmoqda.
Men 20 yildan buyon O`zbekiston bozorini muttasil o`rganib kelmoqdaman. Kompaniyamiz asosan qurilish va kommunal sohada faoliyat yuritadi. Farg`onada kanalizatsiya tizimlarini barpo etish va modernizatsiya qilish loyihasi bo`yicha ish olib borishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, Qo`qon erkin iqtisodiy zonasida ham qurilish materiallarini ishlab chiqarish maqsadida muzokara olib borilayotir. Bugun o`tkazilayotgan forum ham barchamiz uchun foydali bo`ldi. Viloyatdagi investitsiya muhiti va iqtisodiy salohiyati haqida yanada ko`proq ma`lumotga ega bo`ldik, samarali kelishuvlarga erishdik.
O`zA