Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

19 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayrami hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, XXR davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I hamda Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar doiralari, Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda ushbu mamlakat jamoatchiligi vakillari hozir bo‘ldilar. Tadbirga tayyorgarlik jarayonida elchixona ushbu marosimni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgani o‘zining ijobiy natijasini berdi. Milliy san’atimiz va pazandachiligimiz, o‘zbek xalq amaliy san’ati namoyandalaridan iborat Farg‘ona viloyati vakillarining tantanali marosimdagi faol ishtiroki tadbir qatnashchilarining alohida diqqat markazida bo‘ldi.
Ayniqsa, o‘z dastgohi bilan Farg‘onadan kelgan hunarmand Abdullo Mirzaahmedovning milliy uslubda qo‘lda adras to‘qish, kulol Bunyod Yunusovning sopol buyumlarga naqsh berish bo‘yicha o‘tkazgan mahorat darslari xitoylik mehmonlarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

 

Manba: FARG‘ONA VILOYATI HOKIMLIGI
RASMIY VEB SAYTI

1939 yilning 1 avgust kuni qariyb 200 ming nafar o‘zbekistonliklar kanal qurish uchun umumxalq hashariga chiqdi. 45 kunda 270 km.dan ziyod uzunlikdagi kanalni qo‘lda qazib, 18 mln. metr kub tuproq tashib chiqarildi. Qisqa muddatda 48 ta yirik, 275 ta kichik gidroinshootlar barpo etildi. Natijada kanal suvi bilan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonning 292 ming gektar yer maydonlari sug‘orilmoqda. 

Farg‘ona viloyat davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar, foto va filmlar asosida tayyorlangan mazkur rolikda xalqimizning umumxalq hasharida ko‘rsatgan jasorati va mehnat g‘alabasi namoyish etilgan.

 

Manba: FARG‘ONA VILOYATI HOKIMLIGI
RASMIY VEB SAYTI 

10-avgust kuni Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar markazi” binosida viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich G‘aniyevning viloyat tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimining kirish so‘zida ta’kidlandiki, investitsiya forumi ta’sirida Farg‘onaga investorlar kelishi ko‘paygan. Investitsion muhit, odamlar o‘ratsidagi mehr-oqibat, o‘zaro ishonch, albatta, ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi rivojlanish jarayonida o‘z tadbirkorloarimiz bilan ishlash barobarida iqtisodiyotimiz oyoqqa turib olishi uchun xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik kerak bo‘ladi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga viziti doirasida Farg'ona viloyati va Gomel oblasti o'rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

Qayd etish joizki, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimiz tashqi va ichki siyosatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilib, xorijiy mamlakatlar, avvalo yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik va ishonchga asoslangan aloqalar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini yaratish hamda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha yaratib berilayotgan imkoniyatlar katta ahamiyat kasb etadi. 
Natijada viloyatimizning ko‘plab davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari tobora kengayib va mustahkamlanib, hamkorlikning yangi istiqbollari aniqlanmoqda. Siyosiy, sarmoyaviy, madaniy, turizm va boshqa sohalardagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, hudud sanoati va infratuzilmalarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar hamda ilm-fan yutuqlarini faol jalb etish, xorijiy sayyohlar oqimini kengaytirish ishlari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 26 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum viloyatimizga tashrif buyurdi. Elchi va delegatsiya tarkibidagi mehmonlar iliq kutib olindi.
Tashrif davomida elchi janoblarining Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M.G‘aniyev bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida elchi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi maqsadlarimiz umumiyligini, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning qo‘shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston-AQSh davlatlari o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlik aloqalari strategik ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va sheriklik munosabatlari mustahkam poydevorga ega ekanligini, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi tomonlarning uzoq muddatli manfaatlariga to‘la mosligi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalari yaqin ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Do‘stona sherikchilik munosabatlari istiqbolda yangi hamkorlik imkoniyat eshigini ochishini ta’minlab, elchini viloyatimizga tashrif buyurgani bilan qutladi.
Shuningdek, viloyat hokimi O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar stategiyasi, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida tushuncha berib o‘tdi.
O‘zaro suhbat chog‘ida Rozenblyum Farg‘onaning tarixiy obidalari, tabiati, odamlari haqida yaxshi fikrlar bildirdi, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida do‘stona aloqalar kuchayib borayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, Farg‘onaning iqtisodiy jihatdan o‘sishi, rivojlanish rejalari, bunda AQShning qanday hissasi bo‘lishi mumkinligiga qiziqdi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida elchi Farg‘ona viloyatining anklav hududi – So‘x va Shohimardon hududlarida yaratib berilgan sharoitlar, borib-kelish masalalari qanday yo‘lga qo‘yilganligiga ham qiziqdi.
Viloyat hokimi yurtimizda keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan tashqi siyosatda barcha davlatlar bilan, jumladan, qo‘shni Qirg‘iziston bilan o‘zaro do‘stona va sherikchilik munosabatlari o‘rnatilganligi, siyosiy va chegaraviy munosabatlar tinchlik, teng manfaatlilik asosida yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab, anklav hududlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilganligini, borib-kelish va transportirovka masalalarida ko‘plab muammolar yechilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Viloyat hokimi o‘z so‘zida Amerika siyosiy arboblari U.Cherchillning “Butun dunyo bilan hamkorlik qilishni istasang, ularni do‘stlarim deb atagin” va T.Ruzveltning “Dunyoda barcha millatlar do‘st-ahil yashasagina, kelgusi avlod baxtli bo‘ladi” mazmunidagi dono fikrlarini keltirib o‘tdi. D.Rozenblyum ushbu fikrlarning juda o‘rinli keltirilganligiga yuqori baho berdi.
Farg‘ona viloyatida ingliz tili o‘qitilishi respublika bo‘yicha birinchi o‘rinda turishini ham elchi janoblari mamlakat kelajagi uchun, xususan Farg‘ona uchun muhim jihat deya ta’kidladi. 
-O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bizning mushtarak manfaatlarimiz bor. Ya’ni, mintaqada tinchlik, barqarorlik, xavfsizlikni ta’minlash hammamiz uchun muhimdir, - dedi muhtaram elchi jurnalistlarning hamkorlik borasidagi savoliga javob berarkan. – Hozirda ustuvor vazifalardan biri yaqin qo‘shnilar bilan aloqalarni rivojlantirish. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki davlat va fuqarolar o‘rtasida aloqani yaxshilashga qaratilgandir. Prezidentingiz aytganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili bor. Bu islohotlar esa O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar hamda suratga tushdilar. 


***
Amerika elchisi viloyatimizga tashrifi davomida Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rektori, o‘qituvchi va talabalari bilan bo‘lgan muloqot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 
O‘tgan yili oliy ta’lim dargohiga ingliz tili metodologiyasini chuqur o‘rgatish maqsadida amerikalik o‘qituvchi yuborilgan edi. Mutaxassisning yangi o‘quv yilida ham talabalarga yana saboq berishi haqidagi xabar universitet jamoasini quvontirib yubordi. 
***
AQShning O‘zbekistondagi elchisi janob Daniel Rozenblyum Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat uyi”da ham bo‘ldi. 
Bu yerda elchi ishtirokida USAID ning “Tinchlik yo‘lidagi oziq-ovqat yordami” dasturi doirasida ijtimoiy muassasalar uchun “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkilotining vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasi ramziy sertifikatining topshirilish marosimi o‘tkazildi. 
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, 2019 yili ushbu xalqaro tashkilotdan 112,5 t vitaminlar bilan boyitilgan ana shunday mahsulotlar qabul qilinib, 86 ta tibbiy va ijtimoiy muassasaga topshirilgan. Tadbirda so‘z olgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov “Muruvvat uyi” ga 56 157 $ lik 18 972 kg oziq-ovqat va 14 xil tibbiyot vositalari uchun sertifikatning topshirilishi bu yerda davolanayotgan va tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlar salomatligini tiklashda yordam berishini aytib o‘tdi. 
***
Elchi janoblari kun davomida bir piyola choy ustida farg‘onalik jurnalistlar vakillari bilan ham suhbatlashdi. Unda davlat nashrlari jurnalistlari va mustaqil jurnalistlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda bugungi yangilanayotgan o‘zbek jamiyati, jurnalistikamiz oldida turgan muammo va yangilanishlar borasida suhbatlashildi, shuningdek adabiy-madaniy aloqalar va jurnalistlar hamkorligi haqida takliflar bildirildi.
Amerika elchisining viloyatimizga tashrifi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining yuqori bosqichlarga chiqayotganidan dalolat beradi.

 

Manba: FARG‘ONA VILOYATI HOKIMLIGI
RASMIY VEB SAYTI

Tugmani bosing Tinglash