Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Bag’dod tumani o’zining iqtidorli yoshlari bilan tilga tushgan. 2019-2020 o’quv yilida Bag’dodning har uchinchi maktab bitiruvchisi Oliy o’quv yurtining talabasi bo’ldi. Bu mamlakat miqyosida ham katta ko’rsatkichdir.

Farg’ona viloyati hokim Shuhrat G’aniyevning tuman yoshlari bilan uchrashuvi ana shunday e'tirof bilan boshlandi. Qolaversa bag’dodlik yoshlar yangi yil arafasidagi saylovlarda ham eng ko’p ishtirok etgan deb topildi.

Uchrashuvda birin-ketin so’zga chiqqan yoshlar O’zbekiston Prezidenti, viloyat, tuman rahbarlariga o’zlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdilar. Iqbol Mirzo, Anvar Muqimov, Nabijon Boqiy kabi ijodkorlarning yosh izdoshlari o’zlari yozgan she'rlaridan o’qib berdilar. Yosh ijodkorlar taklifi bilan 5 gektar maydonga “Xaziniy bog’i” tashkil etish uchun 250 mln. so’m ajratiladigan bo’ldi.

Iste'dodli yosh tarixchi-tadqiqotchi Ravshanbek Abdullayev Qo’qon xonligi tarixini chuqur o’rganayotgan, ko’plab chet mamlakatlarda bo’lib manbaalar yig’ib asosli dalillarga suyangan holda ilmiy maqolalar, kitoblar chop etganini aytganida viloyat hokimi uning kelgusi faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 mln. so’m mablag’ ajratib berdi.

        Bag’dod markaziy o’yingohini ta'mirlashni taklif etgan yoshlar ham xursand bo’ldilar. Unga endi viloyat byudjetidan 2 mld. so’m beriladi. Bag’dod maktablariga 200 ta kompyuter sovg’a qilish topshirig’ini berdi, viloyat hokimi.

Temurbek Bahodirov taklifi bilan tuman Madaniyat uyi tashkil etiladigan, Ravshan Abdullayev taklifi bilan 14 ta tarixiy inshootlar rekonstruktsiya qilinadigan, tuman yoshlar kutubxonasi uchun 500 mln. so’m beriladigan bo’ldi.

Yosh tadbirkorlarga o’z biznesini ochish uchun “Yoshlar kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kredit ajratish choralari ko’rildi.

Yana o’nlab yoshlarning tilak istaklari aynan shu uchrashuvda haqiqatga aylandi.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyevning yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

                                 Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.   

Tugmani bosing Tinglash