Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Bugun Turkiyadan Farg’onaga charter reysi bilan olib kelingan va 27 mart kuni koronavirus infektsiyasi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan 2 nafar bemor butunlay sog’aydi.

Ular viloyat hokimi o’rinbosari F.Qosimov, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i O.Umarov va boshqalar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijon va Toshkent viloyatidan bo’lgan bu bemorlar shifokorlar tomonidan xalqaro standartlar asosida olib borilgan to’g’ri davolash muolajalari tufayli ayni paytda darddan to’liq forig’ bo’lishdi.

Shuningdek, ikki yarim oylik chaqaloq ham sog’aygan bo’lib, ayni paytda onasining muolajalari tugamaganligi sababli shifoxonada qolmoqda.

Shu o’rinda alohida ta'kidlash joizki, halovatidan kechib, oilasi, yaqinlari, vatandoshlari uchun kechayu-kunduz tinim bilmagan tibbiyot xodimlari haqiqiy qahramonlardir.

 

Farg’ona viloyati hokimligi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash