Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Bugun, 29 aprel kuni oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi videoselektor tarzida bo’lib o’tdi.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan 60 nafar deputatdan, 57 nafari qatnashdi. Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

        1. “Sahovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida.

2. Sektorlar kesimida shakllantirilgan ishsiz va kam ta'minlangan aholining ro’yxatini qayta ko’rib chiqish, ularga ixtiyoriy tarzda tadbirkorlarni biriktirish, shuningdek, aholi bandligini ta'minlash, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va bu jarayonda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish bo’yicha viloyat chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida. 

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala - ya'ni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 20 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev axborot berib o’tdi.

- Asosiy e'tiborni odamlarni boqimandalikka o’rgatib qo’ymaslik va ularni doimiy mehnat bilan bandligini ta'minlashga qaratgan holda, 55 ming 600 ta muhtoj xonadonlardagi qo’lida hunari bor, mehnat qilishga yaraydigan 70 ming nafar fuqarolarni viloyatdagi 13 ming 354 ta xo’jalik yurituvchi sub'ektlar va tadbirkorlarga 3 oy muddatga ishga joylashtirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda, - dedi hokim o’z ma'ruzasida.

Kun tartibidagi ikkinchi masala - sektorlar kesimida shakllantirilgan ishsiz va kam ta'minlangan aholining ro’yxatini qayta ko’rib chiqish, ularga ixtiyoriy tarzda tadbirkorlarni biriktirish, shuningdek, aholi bandligini ta'minlash, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va bu jarayonda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish bo’yicha Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Mirzohid Ubaydullayevning axboroti tinglandi.

Ta'kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 22-24-aprel kunlari o’tkazgan videoselektor yig’ilishlarida berilgan topshiriqlarga asosan viloyatning 19 ta tuman va shaharlaridagi kambag’al oilalar va pandemiya davrida ishsiz qolgan fuqarolar to’liq xatlovdan o’tkazib chiqildi. Xatlov natijalariga ko’ra 55 ming 634 ta extiyojmand xonadonlarda 98 mingdan ortiq mehnatga layoqatli fuqarolar mavjudligi aniqlandi.

Bugungi kunga qadar pandemiya davrida ishsiz qolgan 32 ming 040 ta xonadonlardagi qariyb 70 ming nafar fuqarolardan 22 ming nafari 1 570 ta xo’jalik yurituvchi sub'ektlarga doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirildi.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash