Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Fargʼona viloyati hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni oʼz vaqtida koʼrib chiqish hamda ularda koʼtarilayotgan masalalarni belgilangan tartibda qonuniy hal etish choralari koʼrilmoqda.

Shu yilning 1-choragi davomida viloyat hokimligiga 5 104 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari elektron tizimi orqali 3 465 ta, viloyat hokimligiga toʼgʼridan-toʼgʼri 919 ta yozma va 720 ta ogʼzaki murojaatlardir.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy bilan taʼminlash va taʼmirlash, uy-joy qurish va tadbirkorlik bilan shugʼullanish uchun yer maydonlari ajratish, moddiy yordam koʼrsatish, bank krediti ajratish, kommunal sohalardagi muammolar hamda oilaviy munosabatlar masalalaridir.

Eng koʼp murojaatlar Fargʼona (791 ta), Qoʼqon (502 ta), Margʼilon (347 ta) shaharlari, Oʼzbekiston (393 ta), Rishton (337 ta), Quva (327 ta), Oltiariq (307 ta) tumanlari hisobiga toʼgʼri kelmoqda.

Murojaatlar koʼp tushayotgan hududlarda yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida oʼtkazilgan 7 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 263 nafar fuqarolar qabul qilindi. Shuningdek, viloyat hokimi va oʼrinbosarlari tomonidan oʼtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda 457 nafar aholi vakillarining murojaatlari koʼrib chiqildi.

2020 yilning 1-choragida murojaatlarning kelib tushishi oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 1 871 taga kamaydi va ularning 53,3 foizi ijobiy hal etildi.

Viloyat hokimligi kelgusida ham murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularni oʼrganish natijalari boʼyicha ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash choralarini koʼrib boradi.

 

 Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash