Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan 25-iyun kuni Farg‘ona shahrida viloyat ommaviy axborot vakkillari uchun press-tur va Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston respublikasi va xalqaro OAV vakillari Marg‘ilondagi «Hunarmandlar markazi»da bo‘lib milliy hunarmandchilik namunalaridan bo‘lgan atlas matosi va «Nazar» gilamchalarining to‘qilish jarayoni bilan tanishishdi.

Ishlab chiqaruvchi sanoati  bo‘lgan «Uzwoolentex» korxonasi hamda, Keramika zavodining ishlash  jarayonini  kuzatishdi.

Shuningdek, «Raqamli texnologiyalar markazi» va O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetida yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rildi.

 

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan «Farg‘onaning tadbirkori – Farg‘onaning islohotchisi» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat rahbari jurnalistlarning bir qator savollariga javob berdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash