Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Farg’ona tumani hokimining o’rinbosarlari, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

     Sessiyada  Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev so’zga chiqib, odamlar rahbarlardan o’zgarishlar qilishni kutayapti, yoshlar ish o’rni ochilishini istaydilar. Afsuski, Farg’ona tumanining sobiq rahbari mahalliychilikka, o’zbo’larchilikka yo’l qo’ydi. Deputatlar, jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda ishni tashkil qila olmadi. Holbuki, Farg’ona tumani xalqi mehnatsevar, halol, to’g’riso’z, qonunni hurmat qiladigan insonlardir, dedi. Tumanda yangi korxonalar tashkil etildi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi ko’paytirildi, ammo eksport imkoniyatlaridan hamon samarali foydalanilmayapti. Jinoyatchilik o’sib bormoqda. Birgina, Farg’ona tumanining farzandi, O’zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimovning benazir ijodi hamda ulug’ insoniy fazilatlari misolida ham yoshlar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini yo’lga qo’yish mumkin edi, dedi viloyat hokimi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi.

     Farg’ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan  Shuhrat Mo’minov Farg’ona tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

 Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Tugmani bosing Tinglash