15/09/2023

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- sentabr holatiga 35,9 mingtaga yetib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 foizni tashkil etdi.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi
ulushi) quyidagicha bo‘ldi:
🔴Savdo – 39,5 %
🟢Sanoat – 21,8 %
🟠Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 4,8 %
🟣Qurilish – 8,1 %
🔴Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,8 %
🟢Tashish va saqlash – 4,4 %
🟠Axborot va aloqa – 2,4 %
🟣Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,8 %
🔴Boshqa turlari –10,4 %ni tashkil etdi.