Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari 39,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ularning 33,9 mingtasi, ya’ni 84,8 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025-yilning mos davriga nisbatan viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 7,5 foizga oshgan. Kichik korxona va mikrofirmalar sonida esa o‘sish sur’ati 110,0 foizni tashkil etdi.




