Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Farg'ona Viloyati Statistika Boshqarmasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 30- aprel kuni viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida viloyatdagi shahar va tuman mahalla fuqarolar yig‘ini rais va rais o‘rinbosarlari ishtirokida O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrda qabul qilingan “O‘zbеkiston Rеspublikasida 2023- yilda “Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi. U o‘z so‘zida Qarorning mohiyatini tushuntirar ekan, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalalanish, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratilishi, aholi migrasiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati.

Tugmani bosing Tinglash