02/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Quvasoy shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 69,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Kichik korxona va mikrofirmalar – 41,2 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 28,2 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 41,1 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 684,5 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 62,2 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 6,2 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.