06/05/2024

Joriy yilning 6-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova, bosh mutaxassis N.Mahmudova hamda mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida “Vodil” chegara postoda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Kuzatuv jarayonida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-harajatlari tarkibi kabi ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.