Idoraviy komissiya tarkibi |
---|
Mamadaliyev Sh.R. | Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, komissiya raisi |
Ro'ziboyev E.R. | Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, komissiya raisining o’rinbosari |
Mamataliyev Z.S. | Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig’i, komissiya kotibi |
Komissiya a’zolari: | |
Meliqo'ziyev S.O'. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig’i |
Akbarov J.N. | Kadrlar bo'limi boshlig’i |
Sobirov U.M. | Buxgalteriya xisobi va moliyaviy ishlar bo'limi boshlig'i |
Emir-Veliyev R.I. | Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi boshlig’i |
Bosh yuriskonsult |
Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari |
---|
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`suliyatini kuchaytirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
- o`z vazifalari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiyasi bilan hamkorlikni ta`minlash va zarur hollarda ularga tahliliy ma`lumotlarni tayyorlashda amaliy yordam ko`rsatish.
- viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
Me`yoriy-huquqiy baza |
---|

Idoraviy komissiya faoliyati to`g`risida |
---|
2021 yilning 15- aprel kuni Viloyat statistika boshqarmasida tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur yetkazish maqsadida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida seminar o‘tkazildi
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov qatnashib, u o‘z so‘zida aholining, shu jumladan statistika hisobotlarini topshiruvchi, statistika kuzatuvlarida ishtirok etuvchi subyektlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish haqida tushunchalar berdi.
Davlat statistika organlarida korrupsiyaning oldini olish va oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida ma'lumot