• DSC06862
  • DSC06865

 

Rasmiy nomi

Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi;

Ingliz tilida 

Fergana regional department of statistics;

Rus tilida

Управление статистики Ферганской области;

 

 

  

Asosiy majburiyatlari

Quyidаgilаr Farg’ona viloyat statistika boshqarmasining аsosiy vаzifаlаri hisoblаnаdi:

  • stаtistikа sohаsidа yagonа siyosаtni ishlаb chiqish vа аmаlgа oshirish, stаtistikаni tаshkil etishning zаmonаviy xаlqаro stаtistikа stаndаrtlаrigа jаvob berаdigаn sаmаrаli tizimini tа’minlаsh;
  • ilmiy аsoslаngаn, bozor iqtisodiyoti аsosiy printsiplаrigа jаvob berаdigаn yagonа stаtistikа metodologiyasini hаmdа milliy hisoblаr tuzishni tа’minlovchi vа xаlqаro stаtistikа stаndаrtlаrigа muvofiq bo‘lgаn ko‘rsаtkichlаr tizimini ishlаb chiqish vа joriy etish;
  • jаmiyatning iqtisodiy vа ijtimoiy hаyotidа ro‘y berаyotgаn jаrаyonlаrni hаr tomonlаmа tаvsiflovchi stаtistikа vа hisobot ko‘rsаtkichlаrining tezkorligini, ishonchliligini vа xolisligini tа’minlаsh;
  • dаvlаt orgаnlаri, fuqаrolаrning o‘zini o‘zi boshqаrish orgаnlаri, yuridik shаxslаr, dаvlаt muаssаsаlаri, xаlqаro tаshkilotlаr vа jаmoаtchilikni belgilаngаn tаrtibdа stаtistikа mа’lumotlаri bilаn tа’minlаsh.
Ustivor yo‘nalishlar

  • statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;
  • statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;
  • rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;
  • idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;
  • statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;
  • davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;
  • davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
Vakolatlari

  • Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
  • Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
  • Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
  • boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.