Farg‘ona viloyati hokimligining 2021- yil 25- may kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3-avgustdagi 4796-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati  to‘g‘risidagi qonunining  6,25-moddalariga asosan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining “Statistika asoslari” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 243-F-sonli farmoyishi qabul qilindi. Ushbu Farmoyishning bajarilishi yuzasidan joriy yilning 27-29 may kunlari mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari uchun sayyor o‘quv kurslari tashkil  etildi.

Seminarni kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.G‘ayibnazarov ishtirok etib, u asosan "Statistika" fanining predmeti, metodi, usullari va vazifalari, statistik kuzatish, tasnifi va usullari, statistik ko‘rsatkichlar, mutlak va nisbiy ko‘rsatkichlar, statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari, dinamika qatorlari, dinamika ko‘rsatkichlari tendensiyalarini aniqlash usullari, indekslar usulida omiliy tahlil metodologiyasi,  makroiqtisodiy va tarmoqlar statistikasi  kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza qiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech